Tsuneko Sasamoto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tsuneko Sasamoto
Tavalludi 1-sentyabr 1914-yil
Vafoti 15-avgust 2022-yil(2022-08-15)
(107 yoshda)
Fuqaroligi Yaponiya[1]
Kasbi Fotomuxbir, fotograf

Tsuneko Sasamoto (yaponcha: 笹本 恒子 Sasamoto Tsuneko?, 1-sentyabr 1914 – 15-avgust 2022) birinchi yapon fotomuxbiri edi[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sasamoto Yaponiyaning Tokyo shahrida tugʻilgan. U uy xoʻjaligi kollejiga oʻqishga kirgan, lekin rassom boʻlishni orzu qilgani uchun uni tashlagan. Oʻqishni tashlaganidan soʻng, u ota-onasiga aytmasdan rassomlik institutiga va tikuvchilik maktabiga oʻqishga kirgan[3].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sasamoto oʻz faoliyatini Tokyo Nichinichi Shimbun (hozirgi Mainichi Shimbun, Yaponiyadagi gazetalardan biri)dagi mahalliy yangiliklar sahifalarida yarim kunlik illyustrator sifatida boshlagan. U 1940-yilda 26 yoshida Yaponiyadagi Fotosuratlar jamiyatiga aʼzo boʻlgach, sinovdan oʻtgan xodim darajasiga koʻtarilgan va rasman Yaponiyadagi birinchi ayol fotomuxbirga aylangan. Uning soʻzlariga koʻra, Margaret Bourke-White uning fotograf boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatgan[4]. Sasamoto Amerika Yaponiyani bosib olgan vaqtida general Duglas MakArtur koʻmir konchilarinining ish tashlashi va norozilik bildirgan talabalarni suratga oldi[5].

U 2011-yilda Hyakusai no Finder, yaʼni, Centenarianʼs Finder nomli foto kitobini nashr etgan[5]. 2014-yilda Sasamoto oʻzining 2011-yildagi "Hyakusai Ten", yaʼni "Yuz yillikning koʻrgazmasi" nomli kitobidan oʻz ishining koʻrgazmasini namoyish etgan[5]. 2015-yilda Sasamoto „101-dagi qiziquvchan qiz“ nomli yana bir kitobini nashr etgan[4]. U 2015-yilda chap qo‘li va ikkala oyog‘ini sindirib olganiga qaramay suratga olishni davom ettirgan. Oʻlimidan oldin Sasamoto vafot etgan doʻstlari sharafiga „Hana Akari“ (Gullar porlashi) loyihasi ustida ishlagan[6].

Sasamoto 2014-yil sentyabrida 100 yoshga to‘ldi[7] va 2022-yil 15-avgustda 107 yoshida tabiiy sabablar tufayli vafot etdi[8].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016: umr boʻyi muvaffaqiyat uchun Lucie mukofoti[9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Japan's First Female Photojournalist is Still Shooting at the Age of 101“. Petapixel.com. Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  3. 東京都写真美術館. {{{title}}} (Japanese). 京都市: 淡交社, 2000-01-01. ISBN 4473017508. OCLC 44769689. 
  4. 4,0 4,1 „At 101, Japan's First Female Photojournalist Reflects On Her Career“. The Huffington Post. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  5. 5,0 5,1 5,2 „Pioneer photojournalist blazed trails for women“. The Japan Times. The Japan Times. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  6. „Meet Japan's First Female Photojournalist“. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr.
  7. Birmingham. „Tsuneko Sasamoto: 100 Years, 100 Women“. artscape Japan. Dai Nippon Printing (2014-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
  8. „Pioneering Japanese woman photojournalist dies, aged 107“. Reuters (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  9. „2016 Lucie Awards“. Lucies.org. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.