Tsoy Pon Nam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tsoy Pon Nam
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 1958-yil
Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Tsoy Pon Nam (1912-yil, Taudemi, Primorskaya viloyati – 1958-yil, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani „Pravda“ kolxozining brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1954).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsoy Pon Nam 1912-yilda (boshqa maʼlumotlarga koʻra 1902-yilda) Koreyaning Janubiy-Ussuriysk uyezdi, Suchanskiy volosti, Primorskaya viloyati Taudemi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. 1930-yillarda mahalliy „Molniya“ kolxozida ishlagan. 1937-yilda O‘zbekiston SSR Toshkent viloyatiga surgun qilingan. 1938-yildan Yuqori Chirchiq tumanidagi „Pravda“ kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan. 1950-yildan shu kolxozda dala brigadasida brigadir lavozimida faoliyat olib borgan[1].

1953-yilda brigadir Tsoy Pon Nam boshchiligidagi dala brigadasi 44,2 gektar maydondan gektariga oʻrtacha 119,1 sentnerdan yashil jut poyasini yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1954-yil 8-fevraldagi farmoni bilan Tsoy Nam „1953-yilda kolxozning barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha majburiy yetkazib berganligi, shartnomalarni bajarganligi, yashil jut poyasidan yuqori hosil olganligi va MTS ishiga natura shaklida haq toʻlagani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan[2].

Tsoy Pon Nam 1958-yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumqnida vafot etgan. U Yuqori Chirchiq tumanidagi sobiq „Pravda“ kolxozi qabristoniga dafn etilgan (bugungi kunda – Yuqori Chirchiq tumanidagi „Guliston“ fermer xoʻjaligi).

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsoy Pon Nam Sotsialistik Mehnat Qahramoni, 1954-yil Lenin ordeni hamda 1964-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Цой Пон Нам“. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  2. [http://opisi.rgae.ru/scripts/uis/rgae_any.php?base=mysql:rgae&list=22120&idObj=10084594 „���� online“]. opisi.rgae.ru. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.