Troxoida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Troxoida (yunoncha: trochos — gʻildirak, eidos — koʻrinish, shakl) — qoʻzgʻalmas aylana boʻylab sirpanmasdan gʻildirayotgan doiraning markazidan h masofada joylashgan nuqta chizib chiqadigan tekis egri chiziq. Arap h masofa gʻildirayotgan doiraning g radiusiga teng boʻlsa, u holda T. epitsikloidaga yoki gipotsikloidaga aylanadi. Agar doira qoʻzgʻalmas aylananing tashqi tomonida gʻildirasa, T. epitroxoida deb, agar doira qoʻzgʻalmas aylananing ichki tomonida gʻildirasa, T. gipotroxoida deb ataladi. h>r boʻl ganda T. uzaytirilgan T. deb h<r boʻlganda T. qisqartirilgan T. deb ataladi. Sayyoralarning Yerga nisbatan harakati taxminan T.ga oʻxshash boʻladi. Mexanizmlar kinematikasida (xususan, tishli gʻildiraklarga tish ochishda) ahamiyati katta.