Triumf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Triumf (lot. triumphus) — 1) Qad. Rimda muzaffar sarkardaning qoʻshin bilan poytaxtga (Mars maydonidan Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasigacha) tantanali kirib kelish marosimi. T. senat karori bilan oʻtkazilgan va sarkarda uchun eng oliy mukofot sanalgan. T. marosimini senatorlar boshlab berishgan, ularning ketidan sozandalar va qoʻshiqchilar kuzatuvida 4 ta oq ot qoʻshilgan jang aravasida gʻolib sarkarda (triumfator) borgan. Jangchilar oʻlja va badavlat, zodagon asirlarni olib oʻtganlar. T. Rimning zafarli urushlari davrida (mil. av. 3— 1-a.lar) 2—3 kun davom etgan. Imperiya davrida T. lik sharafiga imperator va uning yaqin qarindoshlarigina sazovor boʻlishgan; 2) koʻchma maʼnoda — ajoyib muvaffaqiyat, buyuk gʻalaba.