Tritonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tritonlar (Triturus)— salamandrasimonlar oilasiga mansub dumli amfibiyalar urugʻi. 9 turi maʼlum. Tanasining uz. 18 sm cha. Yevropada Osiyoning Yevropa bilan chegaradosh joylari va Shim. Amerikada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda, odatda, toshlar, yiqilgan daraxtlar tagida va boshqa yerlarda qishlaydi, bahorda oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalariga oʻtib, tuxum qoʻyadi. Suvdagi mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, suv hasharotlari, baqa uvildirigʻi bilan, quruklikda esa oʻrgimchaklar, hasharotlar va boshqa bilan oziklanadi. Oʻrta Osiyoda uchramaydi, ayrim turlari (mas., Tarokli T.) akvariumda boqiladi.