Triod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Triod [yun. tri — uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita qiziydi), boshqaruvchi toʻr va anodlardan iborat 3 elektrodli elektron lampa. Oddiy T.da silindrik anod (qiyin eruvchi metall — Ni, Mo yoki Ta dan yasaladi) ichiga spiralsimon toʻr (oʻsha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va toʻrning umumiy oʻqiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga koʻra, T.larning konstruksiyasi va koʻrsatkichlari qiymati turlituman, T. qabul qiluvchikuchaytiruvchi lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. T. yuqori quvvatli elektr tebranishlari generatorlarida, yuqori radiatsiyali va oʻzgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan radiopriyomniklarda qoʻllanadi.