Tridimit
Qiyofa
Tridimit (yun. tridymos — uch qoʻshaloq) — mineral, kremniy2 oksidning (SiO2) yuqori trada, geksagonal singoniyada kristallanadigan modifikatsiyasi, Fe, Al, Na va boshqa aralashmalari mavjud. Rangi oq, rangsiz. Plastinkasimon kristallar, sferik agregatlar, nayzasimon qoʻshaloklar, koʻpincha uch qoʻshaloq, gulbargsimon agregatlar hosil qiladi. Kam uchraydigan minerallar, odatda, nordon effuzivlarning darzliklari va gʻovaklarida, tuflarda; meteoritlar va Oy jinslarida ham topilgan. T. — oʻtga chidamli modda (dinas)larning asosiy tarkibiy qismi. Oʻzbekistonda Angren kumir koni rnida topilgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |