Tretyakov galereyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tretyakov galereyasi - Rossiyaning yetakchi ilmiybadiiy va madaniymaʼrifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi. Moskvada 1856 y. P.M. Tretyakov tomonidan xususiy toʻplam sifatida asos solingan, 1892 y. ukasi S. M. Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovgʻa qilingan. 1917 yildan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan toʻplangan asarlar, 11 — 17-asrlar qad. rus ikona sanʼati, 18—20-asrlar tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, grafika sanʼati ustalari asarlarining boy kolleksiyasi bilan toʻldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985—95 yillar T.g . rekonstruksiya qilingan. 1991 yildan "Tretyakov Davlat galereyasi" muzey birlashmasi deb yuritiladi. T.g .da oʻzbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullayev, Oʻ. Tansiqboyev, R. Axmedov va boshqalar) asarlaridan namunalar qoʻyilgan. 2003 yilda Oʻzbekiston BA va T.g . oʻrtasida ilmiy, ijodiy koʻrgazma almashish shartnomasi imzolangan.