Trenajyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Trenajyor (ing . train —oʻrgatish, mashq qildirish) — mashina yoki mexanizmlarni boshqarish texnikasi mahoratini oʻrganish va takomillashtirish uchun oʻquvmashq qurilmasi. T. turli kasb ishchilariga kasbga oid bilim berishda, uchuvchi va kosmonavtlarni tayyorlashda, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik koʻrishida va boshqalarda foydalaniladi. T.ning sodda va murakkab xillari bor. Sodda T.da ish mahorati va faoliyatining ayrim elementlari oʻzlashtiriladi. Murakkab T.da kompleks harakatlar oʻrganiladi. Kosmonavtlar uchun yerdagi va kema bortidagi T.dan foydalaniladi. Mas., kosmik kemalarni tutashtirish, kosmik kemalarni yerga qoʻndirishda ularni boshqarish, turli bort tizimlarining ishlashini nazorat qilish boʻyicha operatsiyalarni oʻzlashtirish uchun yerdagi T.da; kosmonavtlarning bir kosmik kemadan boshqasiga oʻtishni mashq qilishlarida samolyot fyuzelyajiga oʻrnatilgan bort T.da; kosmik uchishda kosmonavtlarning moʻljal olishi, navigatsiya hisoblashlari, kemani boshqarish mahrratlarini oʻrganishni oʻzlashtirish uchun kosmik kema bortidagi kichik gabaritli bort T.dan oʻrganiladi.