Trek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Trek (ing . track — iz, yoʻl) — velosiped va mototsikl sporti boʻyicha mashq va musobaqalar oʻtkaziladigan sport inshooti. Yogʻoch, beton, asfalt yotqizib qurilgan T. yoʻlkasi qiya burilishlar — virajlar bilan birlashgan 2 toʻgʻri qismdan iborat. T. ochiq va yopiq boʻladi. T. yoʻlaklarining uzunligi, odatda, 250 – 500 m, kengligi 6 – 8 m, qoʻshma motovelotrek yoʻlaklari uz. 500—666,7 m, kengligi 8–10 m (yoki undan koʻp) boʻladi. Zamonaviy velotreklar yopiq, ixtisoslashtirilgan va yoʻlaklari yogʻochdan qoplangan. Motovelotreklar esa ochiq holatda boʻlib, yoʻlaklari asfalt bilan qoplanadi. Tokio, Mexiko, Myunxen sh. yaqinidagi, Monreal, Moskva (Krilatskoye) dagi olimpiada T. lari mashhur.