Traxeotomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Traxeotomiya (traxeya va yun. tome— kesilgan) — traxeya (kekirdak) devorini kesib, uning ichini ochish va maxsus naycha qoʻyish. Bunda traxeya devorining kesilgan chekkasi boʻyinning kesilgan terisiga qoʻshib tikiladi. Yuqorigi va pastki T. ajratiladi. Yuqorigi T. qalqonsimon bez boʻyinchasidan yuqorida, pastki T. esa qalqonsimon bez boʻyinchasidan pastda qilinadi. Operatsiya traxeya yoʻli bekilib, undan havo oʻtmay qolganda qoʻllanadi.