Travmatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Travmatizm — kishilarda sodir boʻladigan travmalar majmui; 2 guruhga boʻlinadi: 1) ishlab chiqarish. (sanoat va qishloq xoʻjaligi.) T.i; 2) ishlab chiqarish.dan tashqari T., yaʼni transport, kucha, turmush, sport, bolalar T.i va h.k. Ishlab chiqarish T.i koʻproq sanoat da mehnat shartsharoitining bevosita taʼsiri (mas., xavfeizlik texnikasi va mehnat muhofazasidagi kamchiliklar, mehnatning notoʻgʻri tashkil etilishi va boshqalar), ishchining malakasizligi, ruhan, jismonan toliqishi (yaʼni qattiq charchash, tob qochishi va h.k.) oqibatida, shuningdek, qishloq xoʻjaligi.da murakkabroq mashinalar bilan ishlaganda ishchi texnik bilimining yetarli emasligi, baʼzan mexanizatorning tartibintizomga rioya qilmasligi va boshqalarda yuzaga keladi. Ishlab chiqarishdan tashqari T. (koʻcha T.i)ga koʻproq shahar transporti, alkogolizm va h.k. sabab boʻladi. Turmushda uy mehnati bilan shugʻullanayotgan (uy yigʻishtirish, elektr asboblardan foydalanish payti)da sodir boʻladi. Sport mashgʻulotlarining notoʻgʻri usulda olib borilishi va tashkil etilishi, shugullanuvchining betobligi yoki qoʻpolligi, mashgʻulot maydoni va sport asboblarining nosozligi va boshqa oqibatida roʻy berishi mumkin. Bolalar T.i koʻproquchraydi. Bu bolalar shoʻxligi, tajribasizligi, elektrdan shikastlanishi, koʻchada esa transport serqatnov joylarda oʻynashi, velosiped uchishi va h.k.dan kelib chiqadi.