Kontent qismiga oʻtish

Trauler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trauler (ing. trawler, trawl — yoyma toʻr) — baliq va boshqa dengiz jonzotlarini tral (konussimon toʻr qop) yordamida ovlash va ularga birinchi ishlov berish (yorib ichini tozalash, yuvish, muzlatish va boshqalar) uchun moʻljallangan kema. T. tral chigʻirlari (lebyodkalari) bilan jixrzlanadi. Chigʻir barabaniga 4 ming metrgacha arqon (vayer) oʻralishi mumkin, natijada 2 km gacha chuqurlikdagi baliqlarni ovlashga imkon tugʻiladi. Chigʻir dvigatelining quvvati 450 kVt ga yetadi. T.da baliqqa ishlov berish uchun maxsus mashina va mexanizmlar majmui, uni muzlatish uchun sovitish qurilmalari, boshqarish asbob uskunalari boʻladi. Baliqlarni tral yordamida ovlaydigan chigʻirsiz qayiqlar ham bor. Ularda yoyma toʻrni suvga baliqchilar tashlaydi va yigʻib oladi.