Transpiratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Transpiratsiya (lot. trans orasidan, oralab va spiro — nafas olaman, nafas chiqaraman) — oʻsimliklarning suv bugʻlatishi. Muhim fiziologik jarayonlardan boʻlib, oʻsimlikning toʻxtovsiz nam olib turishiga yordam beradi, tuprokdan mineral tuzlarning kelib turishini taʼminlaydi, toʻqimalar harorati, turgor darajasi va protoplazmaning tarangligini boshqarib turadi. Asosiy T. organi barg boʻlib, undagi mezofill hujayralari hujayralar oraligʻiga doim suv bugʻini ajratib, soʻngra uni barg ogʻizchalari (ogʻizcha T.si) yoki kutikula (kutikula T.si) orqali atmosferaga tarqatadi. T. kattaligi tashqi muhit sharoitlari — yoritilganlik, tuproq va havo harorati, namligi, shamol kuchi, shuningdek, kamroq darajada oʻsimlik turi va navlarning biologik xususiyatlariga bogʻliq. Tashqi muhit sharoitlari T.ning sutkalik va mavsumiy jadalligiga taʼsir koʻrsatadi. Maksimal T. mavsumning eng issiq davrlarida va kunning yarmigacha, minimal T. saharda va qishda kuzatiladi. T. j a dalligi turli suv va ozik, rejimlarida oʻsimliklarning suv bilan taʼminlanish darajasini va ularning mahsuldorligini tavsiflab beradi. U 1 dm2 barg sathidan maʼlum vaqt birligida (mg . dm2/soat) bugʻlangan suv miqdori bilan aniklanadi. 1 l suv sarflanganda oʻsimlik hos_il__kiladigan quruq modda miqdori T. unumdorligi, 1 g quruq modda hosil qilish uchun oʻsimlik sarf etadigan suv T. koeffitsiyenti deyiladi. Maye. 1 g QURUQ modda hosil qilish uchun gʻoʻza 400—700, kuzgi bugʻdoy 500 g gacha, suli 415—500, tarik, 200—280 g suvni bugʻlatadi. Shu sababli tuproqda namlikni saqlashga moʻljallangan agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda maydon birligiga toʻgʻri keladigan ekin tuplari qalinligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega (yana q. Oʻsimliklarning suv rejimi).

Ad. Sleycher R., Vodniy rejim rasteniy, M., 1970; Libert E., Fiziologiya rasteniy, M., 1976; Samiyev X.S., Vodniy rejim i produktivnost xlopchatnika, T., 1979.

Abdukarim Zikiryoyev.