Transkripsiya (musiqa)
Qiyofa
Transkripsiya (musiqada) - musiqa asarini boshqacha tarzda (mas., boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (konsert T.si). Yevropada 16—17-asrlarda paydo boʻlgan. 19-asrdan (asosan, fortepiano T.lari) eng ommabop konsert janrlaridan biriga aylangan (F. List, K. Tauzig, M. Balakirev, F. Kreysler, S. Raxmaninov va boshqalar). Sharq xalklari bastakorlik ijodida muayyan kuylar asosida asarlar yaratishda anʼanaviy usullardan biridir. Mas., "Ushshoq" kuyi asosida yaratilgan "Samarqand Ushshogʻi", "Ushshoqi Sodirxon", shuningdek "Koʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Ushshogʻi", "Umrzoq Polvon Ushshogʻi", "Fattohxon Ushshogʻi".
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |