Transkripsiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Transkripsiya (biologiyada) - tirik hujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining birinchi bosqichi; DNK matritsasi asosida iRNK molekulasi sintezlanishi. DNK ga tobe RNKpolimeraza fermenti vositasida amalga oshadi. Ferment T.ning boshlanish joyi — promotorni tanib, unga birikadi; DNK qoʻsh zanjirini bir-biridan ajratadi va bu joydan boshlab, DNK zanjirlarining biridan nusxa oladi. Buning uchun ferment DNK zanjirlaridan biri boʻylab siljib boradi va komplementarlik prinsipi asosida sitoplazmadagi erkin nukleotidlarni oʻzaro tutashtirib i RNK zanjirini hosil qiladi. Ferment siljib borishi bilan iRNK uzunligi ortib borib, DNK zanjiridan uziladi; fermentning keyingi qismida DNK qoʻsh spirali yana tiklanadi. RNKpolimeraza fermenti nusxa koʻchirilayotgan DNK qismining oxiri (terminator)ga yetganida sintezlangan RNK matritsa (qolip)dan ajraladi. DNK qismlari har xil joyidan olinadigan nusxalar soni organizm rivojlanishi davomida oʻzgarib turishi mumkin. Katta Samara beradigan initsiatsiya (boshlanish) uchun koʻpincha promotorga nazorat qiluvchi oqsillar (mas., aktivator oqsillar)ning ulanishi lozim. Prokariotlarda iniatsiya bosqichidagi boshqarilishda oqsilrepressorlar qatnashishi mumkin. T.ning oxirini RNKpolimeraza, boshqa qismini maxsus oqsil "ro" tanib oladi. T.ning terminatsiya bosqichqdagi boshqarilishda antiterminator oqsillar va oqsil sintezi apparati komponentlari katnashadi. Eukariotlarda ribosomal, informatsion va transport RNK sintezi uchun alogʻida RNKpolimeraza fermenti mavjud. T. birligi skripton yoki operonlar oʻzaro funksional bogʻlangan bir necha genlardan iborat. Eukariotlarda bu genlar har doim monogen boʻladi. Shish qosil qiladigan viruslarda teskari transkriptaza (revertaza) fermenti yordamida axborot RNK dan DNK ga oʻtkazilishi mumkin. Bu jarayon teskari T. deyiladi.