Trans-Isroil quvuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eylatdagi neft punkti
Trans-Isroil quvur liniyasi xaritasi

Trans-Isroil quvuri (ivritcha: קו צינור אילת אשקלון), shuningdek, Tipline, Eylat-Ashkelon quvur liniyasi yoki Yevropa-Osiyo quvur liniyasi deb ataladi. Qizil dengizdagi Aqaba koʻrfazidan Oʻrta er dengizigacha choʻzilgan Isroildagi neft quvur hisoblanadi. U dastlab Erondan olinadigan neftni Isroil va Yevropaga tashish uchun qurilgan.

254 km, Ashkelondagi maxsus pristandan Qizil dengizdagi Eylat portigacha boʻlgan 42 dyuymli quvur quvvati 400,000 barrel (64,000 m3) etadi va kuniga va 1.2 million barrels per day (190,000 m3/d) teskari yoʻnalishda yetkazish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Quvur Eilat Ashkelon quvur liniyasi kompaniyasiga (EAPC) tegishli va boshqariladi u Isroildagi boshqa bir qancha neft quvurlarini ham boshqaradi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quvur 1968-yilda Isroil va Eron oʻrtasida 50/50 % qoʻshma korxona sifatida qurilgan. Biroq 1979-yilgi Eron Islom inqilobida Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hokimiyatdan ag‘darilgach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzilganidan keyin Eron quvurdan foydalanishni to‘xtatadi.

2003-yilda Isroil va Rossiya oʻrtasida Novorossiyskdan Ashkelonga tankerlar orqali yetkazilgan, qolaversa Osiyoga joʻnatish uchun Eylatdagi tankerlarga qayta yuklangan rus neftini Osiyo bozorlariga yetkazib berish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi[1]. Shunday qilib, neft dastlab moʻljallanganiga teskari yoʻnalishda oqadi. Evropadan Osiyoga boradigan bu yoʻl Afrika boʻylab anʼanaviy yoʻlga qaraganda qisqaroq va Suvaysh kanali orqali yoʻlga qaraganda arzonroqqa tushadi.

2014-yil dekabr oyida quvurning janubiy uchi yaqinidagi buzilish Evrona qoʻriqxonasiga yirik neftning[2] toʻkilishiga olib keldi.

2020-yil sentabr oyida esa Amirlik neftini quvur orqali Qizil dengizdan O‘rtayer dengiziga tashish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishiladi[3].

2021-yil may oyida 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozida G‘azodan otilgan raketa tufayli quvurning Ashkelon omboridagi saqlash tanki talofat koʻradi[4].

Eronning qonuniy daʼvosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda neft quvur olib qo‘yilgandan so‘ng, Eron Isroilga qarshi tovon puli talab qildi. 2016-yil 27-iyun kuni Shveytsariya Federal tribunali ishni Eron foydasiga hal qilib 1,1 milliard dollar undirdi[5].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Russian Oil to Transit Israel: The Trans-Israel Pipeline is Reborn“. Washington Institute (2003-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
  2. „PHOTOS: Israel Hit With Massive 600,000 Gallon Oil Spill“. Think Progress (2014-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.
  3. „Israeli pipeline company signs deal to bring UAE oil to Europe“. Reuters (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  4. Schreirber. „Trans-Israel pipeline Hit By Rocket From Gaza“ (en-US). The Jewish Voice (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  5. Daiss, Tim. „Israel Loses Secretive Oil Pipeline Case To Iran, Ordered To Pay 8.1 Billion Plus Interest“. Forbes (2016-yil 15-avgust). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.