Kontent qismiga oʻtish

Trakay tarixiy milliy bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Trakay tarixiy milliy bog'i
MamlakatLitva Litva
Hudud81,49 km²
Yaqinidagi shaharTrakay
Tashkil topgan sanasi1992–yil
Trakay tarixiy milliy bogʻi (Litva)
Trakay tarixiy milliy bog'i VikiOmborda

Trakay tarixiy milliy bogʻi — Litvaning janubi-sharqida, Trakay mintaqasida joylashgan milliy bogʻ. Eng yaqin shahar — Trakay. Bu Yevropadagi yagona tarixiy milliy bogʻdir[1][2].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi bogʻ hududida Litva tarixi uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan Trakay shahri va Eski Trakay qishlogʻi joylashgan.

Trakay tarixiy milliy bogʻi 1992-yilda Litvaning tarixiy davlatchiligining madaniy yodgorliklarini, shuningdek, asl tabiiy muhitni saqlab qolish uchun tashkil etilgan. Bu Yevropadagi yagona tarixiy milliy bogʻdir. 2003-yil 8-iyulda milliy bogʻ YuNESKOning madaniy meros ob’ektlari roʻyxatiga kiritilgan[1][2].

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy bogʻ Litva Respublikasining janubi-sharqiy qismida, poytaxt Vilnyusdan 25 km gʻarbda joylashgan. Bogʻ Dzukija togʻlari hududida dengiz sathidan 102-228 m balandlikda oʻrnashgan. Bogʻning maydoni 8200 gektarni tashkil qiladi. Bogʻda 1400 gektar maydonni egallagan 32 tadan ortiq koʻllar mavjud. Ularning eng yiriklari Galve (361 ga), Skaistis (286 ga), Bernardina (88 ga) va Totorischiu (76 ga)[1][2].

Flora va fauna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aralash oʻrmonlar (3900 ga) bilan oʻralgan boʻlib, ular sharqda botqoqlik, adirlarga, shimol va gʻarbda vodiylarga aylanadi. Ushbu landshaft Litva va Yevropaning koʻplab noyob turlari uchun qulay yashash sharoiti hisoblanadi[1].

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy bogʻ hududida koʻplab diqqatga sazovor joylar mavjud boʻlib, ularning asosiylari[1]:

  • Trakay eski shaharchasi;
  • Trakay oroli qal’asi;
  • Trakay yarim oroli qal’asi;
  • Uzhutrakis;
  • Qadimgi Trakay — Litva Gertsogi Vitovtning tugʻilgan joyi.
  • Daniliškės — Vilnyus viloyatidagi eng qadimgi qishloq[3].

Turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy milliy bogʻdagi eng yirik turistik diqqatga sazovor joy 1962-yilda Trakay oroli qal’asida tashkil etilgan. Qasrda muzey joylashgan boʻlib, u 1955-1987-yillarda vayronalardan tiklangan. Shuningdek, sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan joylar orasida TyszkiewiczUžutrakis, Trakayning eski shaharchasi (shu jumladan yarim orol qal’asi) va Varnikay yoʻli bor[1][4].

Tasvirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 UNESCO World Heritage Centre. „Trakai Historical National Park“ (en). UNESCO World Heritage Centre. 2006-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Trakai Historical - National Park“. www.visitlithuania.net. 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  3. „История общины“. Официальный сайт ДПЦ Литвы. Древлеправославная Поморская Церковь Литвы. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  4. „Познавательная тропа по лесу Варникай“. www.lithuania.travel. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.