Traian Băsescu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Traian Băsescu
Traian Băsescu

Mansabda
23-may 2007dan beri
Yordamchi(lar)   Eugen Bejinariu
Călin Popescu-Tăriceanu
Emil Boc
Avvalgi prezident Nicolae Văcăroiu

Tavalludi

4-noyabr 1951-yil (1951-11-04) (72 yosh)
Murfatlar, Ruminiya
Turmush oʻrtogʻi Maria Băsescu

Traian Băsescu (talaffuzi: Trayan Besesku; 4-noyabr 1951, Konstan-sa uyezdining Bessarabi sh.) — Ruminiya Prezidentidir. Bungacha u Buxarest hokimi boʻlgan. Ruminiya davlat arbobi.

Fuqarolik dengiz kemachiligi instituti (1976) va Dengiz transporti akademiyasi (Norvegiya) (1995)ni tugatgan. 1976 yildan Ruminiya dengiz floti zobiti, 1981 yildan dengiz savdo kemasi kapitani, 1987 yildan Antverpen (Belgiya)dagi Ruminiya dengiz paroxodchiligining "Navrom" savdo agentligi boshligʻi, 1989 yildan Ruminiya transport vazirligida fu-qaro navigatsiyasi yoʻriqchilar kengashi bosh direktori, 1990 yildan ruminiya transport vazirligida dengiz transporti boshqarmasi boshligʻi, 1991-92 va 1996-2000 yillarda Ruminiya transport vaziri, 1992 yildan ruminiya Deputatlar palatasi (parlament) aʼzosi, sanoat va xizmat koʻrsa-tish masalalari boʻyicha parlament komissiyasi raisi oʻrinbosari, 2000 yil iyuldan Buxarest sh. merig2004 yil 12 dekabrdan Ruminiya prezidenti. 2001 yil maydan Ruminiya demokratik partiyasi raisi, 2004 yil Noyabr dan "Adolat va haqiqat" oʻng sentristik liberal-de-mokratik alyans hamraisi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]