Tovkattepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovkattepa — Toshkent shahridagi arxeologik yodgorlik (1—8 va 11 — 15-asrlar). Atrofi mudofaa devorlari bilan oʻralmagan, markazida qoʻrgʻon boʻlgan manzilgoh. 1949-yil A.A.Potapov tomonidan qayd etilgan va oʻsha yili I.Baishev, V.Massoy, 1957-yil V. Belousov, Yu.Buryakov tekshirgan. 1970-yilda G.Zilper va 1978—79 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (Sh.Pidayev, O.Papaxristu) qazish ishlarini olib borgan. T. qalʼa va shahristondan iborat. Maydoni 6,5 ga. Yodgorlik Krvunchi madaniyatiga mansub. Dastlab markazidagi qalʼa vujudga kelgan, uning bal. taxminan 9 m., maydoni 60x30 m. boʻlgan. Keyinchalik kichik tepalik ustida xom gʻisht va paxsadan qurilgan murakkab majmua koʻrinishidagi qoʻrgʻon shakllangan. 8-asr 1choragida arablar istilosi vaqtida buzilgan va yondirib yuborilgan. 11-asrda uning xarobalari ustida yangi qishloq vujudga kelgan va 15-asrgacha mavjud boʻlgan. Qazish vaqtida xum, koʻza, kosa, tovoq, yupqa tilla tugma va boshqa ashyolar topilgan.