Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikatlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikatlash - kimyo fanlari tizimida yangi fan. Birinchi marta professor I.R.Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan taklif etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK da maʼqullangach, Oʻzbekiston Fan va texnika Davlat qoʻmitasining 1997-yil 15 iyu.tdagi 14-sonli qarori asosida 02.00.22-shifr bilan dunyo kimyo fanlari qatoridan joy olgan. Ushbu yangi ixtiyeoslik boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga texnika va kimyo fanlari boʻyicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalari hamda katta ilmiy xodim, donent, professor ilmiy unvonlari beriladi. Endi barcha tovarlarni tasniflash va ularga sertifikatlar berilishida har bir tovarning kimyoviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga eʼtibor qaratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tovarlarga xalqaro kod raqamlari berishda hamda tovarlarga gigiyenik, fitosanitar. karantin, veterinar, muvofiqlik va boshqa sertifikatlar berishda tovarning kimyoviy tarkibi asos qilib olinishi kuzda tutiladi.