Tovar birjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tovar birjasi — markazlashtirilgan tovarlar bozori. Tovar birjasilari dastlab 19-asrda paydo boʻlgan, hozir esa ular ixtisoslashtirilgan birjalar sifatida keng tarqalgan. Hozirgi zamon tovar birjalarida, asosan, standartlashtirilgan tovarlar, koʻproq ularning namunalari yoki standartlar asosida uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlar sotiladi. Eng yirik tovar birjalari NyuYork, Bombay va Liverpul (paxta), Chikago va NyuYork (don), London (metall)da joylashgan. Oʻzbekistonda 1991-yildan "Uzbekistan" respublika universal agrosanoat birjasi "Ulgurjibirjasavdo", 1994-yildan "Toshkent" Respublika tovarxom ashyo birjasi va boshqa birjalar faoliyat koʻrsatadi (yana qarang Birja).