Kontent qismiga oʻtish

Total Commander

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Total Commander
Boshqa nomlari Windows Commander
Yaratgan dasturchisi (firmasi) Christian Ghisler
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
25.09.1993
Dasturning amaliyotga tatbiqi
10.51 / 1.09.2022
Operatsion sistema Windows
Platforma Andoid
Turi Fayl boshqaruvchisi
Veb sayt https://www.ghisler.com/

Total Commander (oldingi nomi Windows Commander) — Christian Ghisler tomonidan ishlab chiqilgan Windows, Windows Phone, Windows Mobile/Windows CE[1] va Android uchun fayl boshqaruvchi[2]. Dastur ikki asosi oynaga ajralgan va quyi qismida tezkor buyruqlar tugmalari mavjud[3].

Total Commanderning asosiy imkoniyatlari:

USB xotiralardan kompyuterga virusni oʻtkazmaslikka harakat qilishi;

Viruslarni dastur orqali koʻrish imkoniyati;

Fayllarni koʻrsatish/yashirish, yoʻq qilish, qayta nomlash, koʻrish, qidirish[4].

Bir ekranda 2 oyna bilan ishlash;

Fayl hamda papkalarni boshqa papkaga va bir diskdan boshqa diskka koʻchirish osonligi;

Formati nomaʼlum, tizim fayllarni koʻrish va ularga oʻzgartirish kiritish imkoniyati

Fayl va kataloglarni arxivlash hamda arxivdan chiqarish;

Fayl hamda kataloglarni alifbo, kengaytma, yaratilgan sana va oʻlchami orqali tartiblash;  

Arxivlangan fayl va kataloglarni oldindan ko’rish;

Kompakt diskka yozish;

Elektron jadvallar va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash;

Tezkor tugmalar orqali amallarni oson bajarish imkoniyati va boshqalar[5].

Tezkor tugmalar va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Total Commanderning qidiruv boʻlimi

F1 — Foydalanuvchi yoʻriqnomasi;

F2 — Qayta nomlash;

F3 — Qisqa koʻrish;

F4 — AkelPad;

F5 — Qarama-qarshi oynaga nusxalash;

F6 — Qarama-qarshi oynaga koʻchirish;

F7 — Yangi papka ochish;

F8 — Belgilangan fayli oʻchirish;

Alt tugmasi bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alt+F1 — Chap oynadagi diskni oʻzgartirish;

Alt+F2 — Oʻng oynadagi diskni oʻzgartisih;

Alt+F3 — Faylni kod shaklida koʻrish;

Alt+F4 — Dasturdan chiqish;

Alt+F5 — Arxivlash;

Alt+F6 — Arxivdan chiqarish;

Alt+F7 — Umumiy qidirish;

Alt+F8 — Oynadagi fayllardan qidirish.

Ctrl tugmasi bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ctrl+F3 — Alifbo tartibi boʻyicha;

Ctrl+F4 — Turi boʻycha;

Ctrl+F5 — Sanasi boʻyicha;

Ctrl+F6 — Hajm boʻyicha tartiblaydi;

Ctrl+F7 — Betartib roʻyxat[6]

  1. [https://www.ghisler.com/ce2.htm „Download version 2.51 of Total Commander for PocketPC/WinCE (Freeware!)“].
  2. „Android uchun qulay fayl menejerlari“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  3. YouTube logotipi Total commander dasturi bilan to'liq tanishamiz! YouTubeda //Kompyuter Akademiyasi. Qaraldi: 08.09.2022
  4. YouTube logotipi Total Commander dasturi YouTubeda //AKT servis. Qaraldi: 8-avgust, 2022-yil
  5. „Total Commander va FAR dasturiy qobiqlari haqida siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar.“ (2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  6. „TOTAL COMMANDER QOBIQ DASTURI“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.