Toshyorar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshyorar (Saxifraga) — toshyorardoshlarga mansub oʻtlar turkumi. Koʻp yillik ildizpoyali, baʼzan bir yillik oʻsimliklar, poyasi bitta yoki bir nechta, tik yoki yotiq. Guli oq, koʻkimtir, sargʻish yoki qizgʻish. Kosachabarglari va gultojbargchalari beshtadan, changchilari oʻnta. Mevasi koʻsakcha. 250 turi bor. Shimoliy yarim sharning sovuq va moʻʼtadil mintaqalarida tarqalgan. Arktikada va togʻli rnlarning shagʻalli, toshli yon bagʻirlarida va qoyalarida oʻsadi. Oʻzbekistonda Sibir toshyorari (S. sibirica) Fargona viloyati Hamzaobod qishlogʻi atrofidagi toglarning salqin joylarida usadi; ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.