Toshpoʻlat Doniyorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshpoʻlat Doniyorov (1892 — Toshkent — 1953) — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoqbozi, yangi shakldagi davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). "Chodir xayol" qoʻgʻirchoq teatrining mohir ijrochisi boʻlgan. Qad. qoʻgʻirchoq oʻyinlari anʼanalaridan mohirona foydalangan va ularni targʻib qilgan. 1928 yil Toshkentda ish boshlagan Rus yo’sh tomoshabinlar teatri qoshida H. Abdullayev, M. Soliyev, A. Halimtoyev va b.dan iborat oʻzbek qoʻgʻirchoqbozlari truppasini tashkil etgan. Sahnalashtirgan "Saltanat" (S. Abdulla) spektakli bilan Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi (1937)da qatnashgan. Qoʻgʻirchoq konsertlarida ishtirok etgan. D. yogʻochdan, keyinroqlatta va qogʻozdan qahramonlar harakteriga mos qoʻgʻirchoqlar yasagan. 3. Ishoqova, A. Saydaliyev, N. Zayniddinov, M. Rahmatullayeva va b. D.ning shogirdlaridir.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Qodirov M., Oʻzbekskiy traditsionniy teatr kukol, T., 1979.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil