Kontent qismiga oʻtish

Toshkent xalqaro universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent xalqaro universiteti
(TIU)

TIU A Binosi
Asl nomi Tashkent International University
Xalqaro nomi Tashkent International University
Shiori Bilim va imkoniyatlar birlashgan maskan
Asos solingan 2023
Oʻquv yurti turi Nodavlat oliy ta'lim muassasasi
Rektori Jun Yong Wook
Fakultetlar 4
Bakalavriat Kunduzga va masofaviy ta'lim bo'yicha 14 yo'nalish
Magistratura 2 ta mutaxassislik
Kampusi 3 ta o'quv binosi hamda 1 ta 300 kishilik TTJ
Manzili Toshkent shahar, Kichik xalqa yo'li 7 uy
Vebsayti www.tiu.uz

Toshkent xalqaro universiteti (TIU) - 2023-yildan o'z faoliyatini yuritayotgan oliy taʼlim muassasasi.

Universitet tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida oliy ta’lim sohasida nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida Toshkent xalqaro universiteti (TIU) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori bilan tashkil etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda.

Universiteti missiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet talabalarga yuqori sifatli ta’lim, ularni o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis bo‘lishi uchun bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashga intiladi. Kreativlikni, tanqidiy fikrlashni va uzoq muddatli ta'limni qo'llab-quvvatlovchi o'quv muhitini yaratishga intiladi.

Universitet tashkiliy tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IJROCHI DIREKTOR: Universitetning umumiy rahbariyati va boshqaruvi uchun mas'ul bo'lgan eng yuqori mansabdor shaxs.
REKTOR: Rektor universitetni o'z maqsad va intilishlari sari yo'naltiruvchi, istiqbolli rahbar. Ta’limning yangi yondashuvlarini o‘rganish uchun rektordan innovatsiya, uzoqni ko‘ra bilish va jasorat talab etiladi.
PROREKTORLAR: Rektorga talabalar bilan bog'liq ishlar, o'quv ishlari, ma'muriyat, moliya va tadqiqot kabi turli sohalarda yordam beradigan shaxslar.
DEKANLAR: Fakultetlar tomonidan tashkil etilgan akademik bo'linmalarning rahbarlari. Dekanlar o'zlarining tegishli bo'linmalarida o'quv dasturlarini nazorat qiladilar.
BO'LIMLAR: Muayyan fanlar yoki ta'lim sohalariga yo'naltirilgan akademik bo'limlar va yo’nalishlar.
FAKULTET: Professorlar, o'qituvchilar va o'zlarining tegishli akademik bo'limlarida dars beradigan va tadqiqot olib boradigan tadqiqotchilar.
RO'YXATGA OLISH BO'LIMI: Talabalar hujjatlari, ro'yxatga olish va akademik siyosat uchun javobgardir.
MOLIYA VA MA'MURIYAT: Universitetning moliyaviy jihatlarini, shu jumladan byudjetlashtirish, ish haqi va jihozlarni boshqaradi.
INSON RESURSLARI: Xodimlar bilan bog'liq masalalarni, jumladan, ishga olish, imtiyozlar va xodimlar bilan munosabatlarni ko'rib chiqadi.
TALABALAR ISHLARI: Talabalarga maslahat, martaba xizmatlari va darsdan tashqari tadbirlarni o'z ichiga olgan yordam xizmatlarini taqdim etadi.
XALQARO OFIS: Xalqaro hamkorlik, talabalar almashinuvi dasturlari va xorijiy talabalarni qo'llab-quvvatlaydi.
KUTUBXONA XIZMATLARI: Universitet kutubxonasini boshqaradi va tadqiqot va o'qish uchun resurslar bilan ta'minlaydi.
IT XIZMATLARI: Universitetning texnologik infratuzilmasini boshqaradi va kompyuter xizmatlarini ko’rsatadi.

Umumiy ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet kampusida 4 ta bino bo'lib (umumiy sig'imi 1700 kishi), undagi barcha auditoriyalari zamonaviy oʻquv va texnik vositalar bilan jihozlangan. 300 oʻrinli talabalar turar joyi, bir vaqtning oʻzida 150 talabaga xizmat koʻrsatadigan zamonaviy axborot-resurs markazi hamda 150 oʻrinli oshxonasi bor.

Dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavriat yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

60310100 - Iqtisodiyot (o‘zbek, ingliz, rus - tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60411900 - Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (min. va faol. turlari)
60110200 - Maktabgacha ta’lim (o‘qish muddati - 3 yil)
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari
60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi (o‘zbek, ingliz, rus)
60610500 - Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul'timedia)
60610600 - Dasturiy injiniring
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o‘zbek, rus)
60230100 - Filiologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)

Masofaviy ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60110200 - Maktabgacha ta’lim (o‘qish muddati - 3 yil)
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi
60610500 - Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul'timedia)

Magistratura[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Davlat moliyasi va xalqaro moliya
  • Iqtisodiyot

Ikkinchi oliy ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

60310100 - Iqtisodiyot (o‘zbek, ingliz, rus - tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi (o‘zbek, ingliz, rus)
60610500 - Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul'timedia)

Xalqaro hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent xalqaro universiteti Janubiy Koreyaning 7 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti, xususan, Seul milliy universiteti, Shungang universiteti, Sejong universiteti, Hankuk universiteti, Solbrij xalqaro biznes maktabi, Kangvun milliy universiteti hamda boshqa dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatgan. Bu taʼlim muassasalarining barchasi dunyoning hamda Osiyoning nufuzli universitetlari qatorida turadi.

Grantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent xalqaro universiteti qabul stipendiyalari orqali talabalarga moliyaviy yordam beradi. Ushbu stipendiyalar abituriyentning ingliz tilini bilishi, o‘quv yutuqlari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb etilishi kabi omillarni hisobga olgan holda taqdim etiladi. Qabul stipendiyalari o'qish xarajatlarini qoplaydi va odatda umumiy o'qish narxining 25% dan 100% gacha o'zgaradi.

Bakalavriat talabalariga – Bir yil

Magistratura talabalariga - Bir yil

To'lov kontrakt miqdorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi ta'lim shakli

Iqtisodiy sohalar - 22 000 000 so'm

IT sohalar - 22 000 000 so'm

Ta'lim - 18 000 000 so'm

Xorijiy til sohalari - 20 000 000

Masofaviy ta'lim shakli

Iqtisodiy sohalar -18 000 000 so'm

Ta'lim - 15 000 000 so'm

Magistratura mutaxassisliklari - 25 000 000 so'm

Qabul jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent xalqaro universitetida qabul jarayoni may oyidan avgust oyiga qadar davom etadi. Hujjatlar universitet qabul platformasi orqali onlayn hamda bevosita universitetga kelib amalga oshiriladi.

Imtihon jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetga kirish uchun imtihonlar ta'lim yo'nalishlar xususiyatidan kelib chiqqan holda test, suhbat va yozma ko'rinishda bo'lib otishi mumkin.

Rektor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jun Yong Wook 2023 - h.v.

Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy kengash faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent xalqaro universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc. 22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.16–Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook Koreya respublikasi fuqarosi hisoblanadi va Menejment bo'yicha Ph.D. ilmiy darajasini, Sloan School of Management, M.I.T., Kembrij, MA, AQSHda yoqlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi
  3. Toshkent xalqaro universiteti rasmiy sayti
  4. Massachusetts texnologiyalar universiteti rasmiy sayti