Toshkent tor koʻchasi (Moskva)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent tor koʻchasi yoki Tashkentskiy pereulok (ruscha: Ташкентский переулок) — Rossiya poytaxti Moskva shahrining janubi-sharqiy maʼmuriy okrugidagi Vixino-Julebino tumanida joylashgan tor koʻcha.

Toshkent koʻchasi va 134A kvartali oraligʻida joylashgan. Moskvadagi ushbu tor koʻcha Oʻzbekistondagi Toshkent shahri sharafiga nomlangan. Bundan tashqari ushbu tumanda oʻzbek shaharlari va joylari haqida boshqa koʻchalar bor. Bular: Toshkent koʻchasi, Samarqand bulvari, Fargʻona koʻchasi va Fargʻona tor yoʻli.