Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent oʻqituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi, 1898-2009

 Toshkent oʻqituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi1898-yilda me’mor Aleksey Benua tomonidan barpo etilgan va 2009-yilda bu ehrom shahar hokimiyati qarori bilan buzib tashlangan. Inqilobgacha u rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo mitropolich okrugining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1879-yilda Toshkentda maktab oʻqituvchilari, jumladan, rus-tuzem maktablari oʻqituvchilar tayyorlash uchun moʻljallangan Turkiston oʻqituvchilari seminariyasi ochildi.

1897-yilda me’mor Aleksey Leontevich Benua loyihasiga koʻra, Konstantinovskiy maydoni yaqinida seminariya uchun yangi bino quriladi. Badiiy sulolaning asoschisi Benua, shuningdek, binoning gʻarbiy qismiga tutash besh gumbazli uy cherkovi loyihasining muallifi ham edi. Mazkur ehromning qurilish ishlarini E.P.Dubrovin olib boradi, 1898-yilda bu bino bitkaziladi. Ushbu ehrom avliyo knyaz Aleksandr Nevskiy nomiga bagʻishlangan.

1917-yil inqilobdan keyin seminariya Krayeva oʻzbek oʻgʻlonlari ta’lim institutiga aylantiriladi. Keyinchalik uning binosi yoʻq qilingan. 30-yillarda esa ehrom yopilgan: uning gumbazlari buzib tashlangan, cherkov binosining oʻzi, garchi u oʻzining asl  holatini yoʻqotgan boʻlsa ham, turli ehtiyojlar uchun foydalaniladi. XXI asrda bu yerda turli tijorat banklarining idoralari joylashgan boʻlib, bino nafaqat yaxshi saqlanib qolgan, balki me’moriy yodgorlik maqomiga ham ega boʻladi[1]

Shunga qaramay, shahar hokimiyati yangi ma’muriy bino qurish uchun shahar markazida joy ajratish uchun sobiq ehromni buzishga qaror qiladi. Muhofazalangan maqomiga qaramay, 2009-yil 18-21-noyabrda cherkov buzib tashlanadi[2]. Shu bilan birga, eski maydondagi 100 yoshdan oshgan daraxtlar koʻpchiligi kesib yuboriladi.

“Arxnadzor” harakati koordinatori Natalya Samoverning sharhiga koʻra, "Jahon amaliyotiga koʻra, bu bino, agar uning yoshi va tashqi koʻrinishining badiiy ifodasi tufayli, davlat himoyasiga olish uchun barcha asoslar boʻlsa... Oʻqituvchilar seminariyasi cherkovini buzish bilan Toshkent hukumati haqiqatai oʻz shahri va mamlakati tarixini yoʻq qildi. Bu bino Oʻzbekiston uchun rus uslubidagi qurilgan me’morchilikning noyob namunasi boʻlmay, balki inqilobdan oldingi Toshkentning, rus madaniyati oʻzbeklar bilan oʻrtoqlashgan va oʻzaro aloqada boʻlgan shaharning multimdaniyatliligiga guvoh edi”[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Golenberg V.A. Turkiston viloyatining qadimiy ibodatxonalari. - Toshkent, 2011 yil.