Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
(TKTI Yangiyer filiali)
Asos solingan 2019-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Xakimov Zafar Tulyaganovich
Talabalari 3500+
Fakultetlar 1
Bakalavriat 9 ta yo'nalish
Magistratura 1 ta mutaxassislik
Manzili Tinchlik ko'chasi, 1-uy Yangiyer, Oʻzbekiston
Vebsayti http://tktiyf.uz

Koordinatalari: 40°15′38.199999999998″N 68°48′38.799999999982″E / 40.26061111111111046°N 68.81077777777777271°E / 40.26061111111111046; 68.81077777777777271 G O

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Filial Toshkent-Zomin qulay transport yoʻnalishidagi sanoatlashgan Yangiyer shahri markazining aholi yashash qismida joylashgan. Hududi 12 gektar boʼlib, 1300 oʼrinli asosiy oʼquv binosi, bitta yopiq sport zali, 3 ta ochiq sport maydonlari, texnopark kopleksi hamda 400 oʼringa moʼljallangan talabalar turar joyini oʼz ichiga olgan. Filialda 1446 nafar kunduzgi va 1809 nafar sirtqi taʼlim shalkida bakalavriatura bosqichida talabalar tahsil olmoqda. Professor-oʻqituvchilari soni 123 nafar. Ulardan 36 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar. Shundan, 11 nafari fan doktori, professorlar, 15 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 10 nafari fanlardan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega xodimlar. Filial hududiga kirish va hududi zamonaviy elektron nazorat tizimi bilan toʼliq taʼminlangan. Hududda 10 ta Wi-Fi zonalar tashkil etilgan. Filialni toʻliq elektr taʼminoti bilan taʼminlaydigan 120 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʼrnatilgan. Oʻ‘quv jarayonini Davlat taʼlim standartlari talablari asosida olib borish maqsadida 8 ta oʻquv-tajriba laboratoriyalari, jumladan, noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, oziq-ovqat xavfsizligi, fizika, don va don mahsulotlari, avtomatika va texnologik jarayonlar, dasturiy taʼminot xonalari tashkil etilgan. Book cafe va fondi 466 nomdagi 3049 nusxa bosma hamda 8000 dan ortiq elektron nusxadagi oʼquv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlardan iborat boʻlgan Axborot resurs markazi joylashagan. Birinchi qavatda inkubatsiya va akseleratsiya markazi mavjud boʻlib, tarkibida robototexnika, IT va soft injinering xonalari joylashgan. Bu yerda talabalar yoshlar va maktab oʻquvchilari ishtirokida elektron qurilmalar va dasturiy taʼminotlar yaratish yoʼlga qoʼyilgan.

Oʻquv boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filial tarkibida 1 ta Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti va 4 ta kafedra mavjud.

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
  2. Avtomatika va texnologik jarayonlar kafedrasi
  3. Kimyoviy texnologiya kafedrasi
  4. Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi

Bakalavriatura yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  2. Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)
  3. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)
  4. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)
  5. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  6. Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
  7. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
  8. Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi)
  9. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori: Xakimov Zafar Tulyaganovich
  2. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari: Abdugʻaniyev Otabek Abduhamidovich
  3. Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari: Abdiqulov Zafar Umurboyevich

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2] [3]

  1. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etish toʻgʻrisida
  2. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi
  3. TKTI Yangiyer filiali direktori tayinlandi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]