Kontent qismiga oʻtish

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali
Turi Davlat instituti
Asos solingan sanasi 2019-yil 11-iyun(2019-06-11)
Yopilgan sanasi 2024-yil 10-dekabr(2024-12-10)
Direktori Shuhrat Mutalov
Manzili
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Shahrisabz koʻchasi 20-uy
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali is located in Uzbekistan
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali
Uzbekistan

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali – 2019—2024-yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida faoliyat yuritgan davlat oliy taʼlim muassasasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi „Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi VMQ-489-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan[1].

2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli prezident qarori bilan Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etish uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali bilan birlashtirilgan[2].

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Shahrisabz koʻchasi 20-uy manzilidagi Shahrisabz yengil sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji binosida faoliyat olib borgan[1].

Filialning asosiy vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendentsiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
  • kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
  • oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy etakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
  • respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
  • Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq qilish;
  • vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.

Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020-oʻquv yilidan boshlangan[1].

Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;
  2. toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
  3. xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
  4. jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  5. xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
  6. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.