Toshbuzar parriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshbuzar parriya
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Parrya
Oila: Karamdoshlar
Binar nomi
Parrya saxifraga

Toshbuzar parriya (lotincha: Parrya saxifraga) – ikki urugʻpallalilar sinfi, karamdoshlar oilasi, parrya turkumiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlari hududida oʻsadi. Dengiz sathidan 2600-2900 m balandlikdagi shagʻalli yonbagʻirlarda uchraydi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 10 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizi koʻp boshchali. Poyasi juda qisqa, barglar bilan qoplangan. Barglari bandli, oddiy, poyada ketma ket joylashgan. Yopirma barglari choʻziq tuxumsimon shaklda, qattiq, chetlari tishli boʻlingan. Gulpoyasi bargsiz, oddiy, uzunligi 3-7 sm. Gullari bir jinsli, gultojibarglari binafsharang tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul oyida gullab avgustda mevasi pishib yetiladi. Mevasi quruq qoʻzoq, yuqorisi qayrilgan. Urugʻi yassi yumaloq, eni 2,5-5 mm, oʻrta qismidan yuqorisiga qarab ingichkalashib boradi. Urugʻi va vegetativ yoʻl orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmlari hududida oʻsadi. Dengiz sathidan 2600-2900 m balandlikdagi shagʻalli yonbagʻirlarda uchraydi. Tabiatda yakka-yakka yoki kichik toʻplar hosil qilib oʻsadi, togʻlarning odam chiqishi qiyin boʻlgan joylarida saqlanib qolgan. Urug‘ining unib chiqishi qiyin boʻlgani sababli kamayib bormoqda. Chatqol biosfera rezervati qoʻriqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Parrya saxifraga“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.