Kontent qismiga oʻtish

Tornado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tornado — atmosferada vujudga keladigan, tez-tez takrorlanib turadigan juda kuchli quyunning amerikancha nomi. Tezligi sekundiga bir necha oʻnlab m ni tashkil qiladi. Tornado asosan, AQShning sharqiy, janubi-sharqiy qismida koʻproq kuzatiladi.Tornadolar har xil shakl va o'lchamga ega bo'ladi va koʻp hollarda voronka shaklida ko'rinadi. Tornado shamol tezligi koʻp hollarda 180km/soatni tashkilqiladi va 80 metr diametri 80 metr bo'ladi. Tornado to'xtashidan oldin yerda ma'lum bir necha kilometr masofani bosib o'tadi. Ba'zi kuchli tornadolar shamoli tezligi 480 km/soatni, diametri 3 kmni tashkil qilib yerda 100kmdan koʻproq masofani bosib o'tishi mumkin.

Tornadolar orasida koʻp qirrali, turpoqli va suvli turlar mavjud. Suvli tornadolar spiral voronka shakliga ega, tarkibida katta miqdorda bulut mavjud bo'ladi. Tornadolar asosan tropik rayonlarda, ekvatorga yaqin hududlarda va baland hududlarda koʻp uchraydi.

Tornadolar Shimoliy Amerikada eng tez-tez sodir bo'ladi (ayniqsa, AQShning markaziy va janubi-sharqiy mintaqalarida koʻp uchraydi). Tornadolar Janubiy Afrika, yevropaning koʻp qismida, g'arbiy va sharqiy Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Yaponiya, Filippin va Janubiy Amerikaning janubiy-sharqiy hududlarida ham sodir bo'ladi.