Topshiriq shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Topshiriq shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnoma turlaridan biri. Unga koʻra, bir taraf (vakil) 2taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Binobarin, vakil tuzgan bitim boʻyicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchvda vujudga keladi. Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomaning oʻzida nazarda tutilgan boʻlsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq toʻlashi shart. Topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqacha holat belgilanmagan boʻlsa, ishonchdi vakilga haq toʻlashi shart. Vakil oʻziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchi koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi kerak. Ishning holatlariga koʻra, topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chikish zarur boʻlsa, vakil bu haqda topshiriq beruvchidan oldindan soʻray olmagan, oʻz soʻroviga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, u topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkon tugʻilishi bilanoq yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar qilishi shart. Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini koʻzlab oddindan surov yubormagan holda topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil qiladi. Shartnbmaning huquqiy belgilari 2 tomonlama, konsensual, haq evaziga ham, haqsiz ham boʻlishi mumkin. Topshiriq shartnomasi ning bekor boʻlishi, Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining FK da belgilab qoʻyilgan (817modda). Ikrom Zokirov.