Topozero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Topozero — Rossiya Federatsiyasi Kareliya Respublikasining shim. qismidagi koʻl. Maydoni 986 km². Chuq. 56 m gacha. 109 m balandlikda. Shimoliy va shim.gʻarbdan jan. va jan. sharqqa choʻzilgan. T.da 150 ga yaqin orol bor (umumiy maydoni 63 km²). Muzliktektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Kanal va Pongoma daryosi orqali Oq dengiz bilan tutashgan. Asosan, qordan toʻyinadi. T. suvi tiniq va chuchuk. Okt. oxiri — noyabr

da muzlab, may oyida eriydi. Sathi iyunda eng yuqori, aprelda eng past. Kum GES qurilganidan keyin (1966) Kum suv omborining tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi.