Topografik syomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Topografik syomka - topografik plan yoki xarita asl nusxasini yaratishda bajariladigan ishlar. Bu ishlar joy topografik elementlarining planli oʻrnini va balandligini geodezik asos punktlariga nisbatan aniklash va ularni qogʻozda shartli belgilar bilan tasvirlashdan; aholi yashaydigan joylar, daryolar, koʻllar va boshqa nomlarini aniqlashdan, planda tasvirlanadigan joyning topografik elementlari — daryolar suvi oqimining yoʻnalishini, oʻrmon daraxtlarining turi va oʻlchamlarini va boshqalarni aniqlashdan iborat.

Hozirgi kunda Topografik sʼyomka stereotopografik, qoʻshma aerofototopografik (fotoplanda bajariladigan sʼyomka), yer usti fototopografik va menzula sʼyomkalar usullarida bajariladi. Stereotopografik va qoʻshma aerofototopografik sʼyomka eng asosiy Topografik sʼyomka usullari xisoblanadi. Yer usti fototopografik sʼyomka togʻli hududlarda mustaqil ravishda hamda aerofototopografik sʼyomka usuli bilan birga qoʻllanishi mumkin. Menzula sʼyomkasi aerofotosʼyomka materiallari boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Sʼyomkalar boshqa (taxeometrik sʼyomka, teodolit sʼyomka) usullarda ham bajarilishi mumkin; bunda tuziladigan topografik planlarning anikGʻshgi va mazmuni belgilangan talablarga javob bera olishi shart.