Topografik plan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Topografik plan - joy konturlari va relyefining kichraytirib, oʻziga oʻxshash holda, Yer sferikligini hisobga olmay qogʻozda tasvirlangan gorizontal proyeksiyasi. Topografik planda joyning predmet va konturlari monoepafik shartli belgilar bilan, relyef esa gorizontallar bilan tasvirlanadi. Topografik planda masshtab oʻzgarmas, konturlar tasviri esa, ularni joydagi holati (qiyofasi) bilan oʻxshashligini saqlagan boʻladi. Topografik plan 1:5 000, 1:2 000, 1:1 000, 1:500 masshtablarda, asosan, joyning topografii sʼyomkasini bajarish bilan yoki ayrim holatlarda xaritafafik materiallar asosida tuziladi.

Topografik plan vazifasi xilmaxil boʻlib, asosan, shahar va aholi yashash joylarining bosh planini ishlab chiqish, yer kadastrini olib borish va boshqa maqsadlar uchun topografik asos sifatida xizmat qiladi.