Kontent qismiga oʻtish

Tonye Cole

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tonye Cole
Tavalludi
Tonye Patrick Cole

11-yanvar 1967-yil (1967-01-11) (57 yosh)
Fuqaroligi Nigeriya
Taʼlimi Harvard maktabi, Lagos universtiteti
Kasbi biznesmen, Sahara Group asoschisi
Faoliyat yillari 1996—2018-yillar
Turmush oʻrtogʻi Sylvia Cole
Bolalari
  • Vanessa Cole
  • TJ Cole
  • Serena Cole
Veb-sayti Official website

Tonye Patrick Cole (1967-yil 11-yanvarda tugʻilgan) nigeriyalik milliarder biznesmen, u Nigeriya va qoʻshni Gʻarbiy Afrika mamlakatlaridagi butun energiya zanjirini qamrab oluvchi energetika konglomerati boʻlgan Sahara Group[1] asoschilaridan biri va sobiq ijrochi direktori. Kompaniya dunyoning 38 mamlakatida 4000 dan ortiq xodimga ega va yillik aylanmasi 11 milliard dollarni tashkil etadi.

Nigeriyaning eng yirik energetika konglomeratlaridan birini tashkil etish va boshqarishdan tashqari, u butun dunyo boʻylab Sahara Group xayriya jamgʻarmasi uchun olib borilgan ishlarni boshqargan va tashkil etgan. U oʻzining Nehemiah Youth Empowerment[2] kabi xayriya tashkilotlari orqali Afrika yoshlarini qoʻllab quvvatlashda davom etmoqda. Bundan tashqari, u Nigeriyadagi bir qator fondlar, jumladan Daun sindromi jamgʻarmasi, Slum-2-School Foundation, The Compassionate Center va turli mehribonlik uylari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. U Atlas Mara, Bloomberg TV Africa, Enactus Nigeria[3] va Digital Jewels kompaniyalarida boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan[4].. Shuningdek u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Jamgʻarmasining Xususiy sektor boʻyicha maslahatchi guruh aʼzosi[5] va Jahon bankining Fuqarolarni jalb qilish boʻyicha ekspert maslahat kengashining konsuli etib tayinlangan[6].

Tonye Cole 1967-yil 11-yanvarda Rivers shtatining Port-Harcourt shahrida tugʻilgan. U Buyuk Britaniyaning Cambridgeshire shtatidagi Corona schoolda va keyinchalik Lagosdagi Kingʻs kollejida oʻqigan. U shuningdek Lagos universiteti bitiruvchisi boʻlib, u yerda arxitektura va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, 2014-yilda Harvard maktabining menejment yoʻnalishini tamomlagan[7]. Braziliyaning Goiania shahridagi Grupo Quartro SA arxitektura firmasida u oʻzining birinchi ish faoliyatini boshlagan va u yerda 1990-yildan 1992-yilgacha arxitektor sifatidagi ish olib borgan. Braziliyadagi faoliyati davomida Janubiy Amerikadan bir necha kilometr uzoqlikdagi Tokantins shtatining markazi Palmas shahrining shaharsozlik loyihasini amalga oshirishda ishtirok etgan. Bu loyihada u Adliya vazirligi binosi, Palmas, Tokantins va Goianiadagi turli turar-joy uylarining dizayni uchun mas’ul boʻlgan arxitektor sifatida faoliyat yuritgan. Tonye 1993-yilda Nigeriyaga qaytib kelgan va 1993-1996-yillarda Empressa Sul Americana de Montagensning Nigeriyadagi ofisida operatsiyalar boʻyicha direktor sifatida ishga kirgan, bu kompaniya Braziliyadagi yettinchi yirik muhandislik firmasi hisoblanadi. 2013-yilda nashr etilgan Morning Reflections kitobining muallifi ham hisoblanadi. Cole Daily Times gazetasining sobiq direktori va Nigeriyaning Braziliyadagi sobiq elchisi Patrick Dele Colening oʻgʻli hisoblanadi[8]. Uning oʻzi doktor Silviya Colega uylangan va uchta farzandi bor[9].

Morning Reflections (2013-yil)[10].

My God Thinks (2016-yil)

Watchers of Times[11]

  1. „Sahara Group's Tonye Cole appointed to World Bank Expert Advisory Council“. Sahara Energy News. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  2. „I am Nehemiah Project“ (en-US). Growing Business Foundation. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  3. „Nigerian Chamber of Shipping :: Governing Council“ (en). www.nigerian-shipping.org. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.
  4. „Tonye Cole marks 50th birthday in style“. Vanguard (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  5. Udo. „Nigeria's Sahara Group among global sustainable development goals advisory body - Premium Times Nigeria“ (en-GB) (2016-yil 18-iyul). Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  6. „Sahara Group's Tonye Cole appointed to World Bank Expert Advisory Council“ (2018-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  7. „Ask the Expert: Energy's Next Era - Alumni - Harvard Business School“ (en). www.alumni.hbs.edu (2016-yil dekabr). Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  8. „Young people need opportunities to display their talents | Africa Renewal“. www.un.org (2017-yil 23-fevral). Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  9. „Tonye Cole“. American Marriage Ministries. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  10. MORNING REFLECTIONS (en), 5 October 2012. 
  11. „Dear Watchers Of Time By Tonye Cole“ (en). This Day (2018-yil 27-may). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-may.