Toluol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toluol (ispancha tolu — Tolu balzami — shundan ilk bor T. olingan), metilbenzol, S6N5SN3 — aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyukdik, benzol hidi keladi; qaynash trasi 110,6°; zichligi 870 kg/m3 (20° da). Koʻpchilik organik erituvchilar bilan aralashadi. T. baʼzi neftlar, toshkoʻmir smolasi va koks gazida boʻladi. Sanoatda neft fraksiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi.

Issiqqa chidamli. Piroliz natijasida murakkab uglevodorodlar (benzol, ditolil, naftalin, antratsen) hosil boʻladi. T.ni radiolizlab, ditolil, benziltolil, dibenzil olinadi. T.ni 500—700° da vodorod bosimi (40—60 atm) ostida dimetillab, undan sanoatda benzol ishlab chiqariladi. T.ni katalitik oksidlab, benzil spirt, benzaldegid, benzoy kislota, malein angidrid hosil qilinadi.

T. kaprolaktam boʻyoklar, portlovchi moddalar (trinitrotoluol), farmatsevtik va turli yarim mahsulotlar olishda ishlatiladi. Plastmassalar, lokboʻyoq, tipografiya boʻyoqlari olishda, rezina sanoatida erituvchi sifatida qoʻllanadi.