Tolmozor adiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tolmozor adiri — Fargʻona botigʻining jan. qismidagi adir (Fargʻona viloyati hududida). Shimolida Aravon — Shahrixon daryolari yoyilma konuslari, janubida Yormozor adirorti botigʻi bilan chegaralangan. Gʻarbda Qopchigʻay, sharqda Polvontosh adirlari bilan tutashib ketadi. Eng baland joyi 712 m. Shimoliy yon bagʻri uzun va qiyaroq, jan. yon bagʻri qisqa, tikroq. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomerat, gil, qumtosh, mergel, shagʻal toshlaridan tashkil topgan. Ular baʼzi joylarda lyoss jinslari bilan krplangan. Adir yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Iklimi kontinental, yozi issiq. Yillik yogʻin 200–300 mm. Tuprogʻi boʻz tuproq. Rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkovush va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, ilonlar, kaltakesaklar va boshqa uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.