Tolgay Arslan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tolgay Arslan
Arslan Hamburger SVda, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tolgay Ali Arslan[1]
Tavallud sanasi 16-avgust 1990-yil (1990-08-16) (33 yosh)
Tavallud joyi Paderborn, Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Udinese
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996—2003 Grün-Weiß Paderborn
2003—2009 Borussia Dortmund
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2015 Hamburger SV 83 (2)
2010—2011Alemannia Aachen (ijara) 31 (6)
2015—2018 Beşiktaş 89 (0)
2019—2020 Fenerbahçe 24 (0)
2020- Udinese 69 (5)
Milliy terma jamoa
2009 Turkiya U19 2 (1)
2010 Turkiya U21 1 (0)
2011 Germaniya U20 1 (0)
2012—2013 Germaniya U21 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (16-fevral 2013-yil uchun)

Tolgay Ali Arslan (1990-yil 16-avgustda tugʻilgan) — Serie A ning „Udinese“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi.

Ali Germaniyada tugʻilgan, ajdodlari esa turk. Germaniya va Turkiyani xalqaro miqyosda yoshlar darajasida himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arslan Germaniyaning Paderborn shahrida tugʻilgan. Ota-onasi turk, Chorumdan. Faoliyatini mahalliy klubda boshlagan. Oʻz oʻyinini Zinedine Zidane va Georghe Hagilarga oʻxshatishga harakat qilgan Arslan 2003-yilda Dortmundning „Borussia“siga oʻtdi. Dortmundning yoshlar jamoasida bir necha yil oʻtkazgach, Hamburger SVga oʻtdi[2].

Hamburger SV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arslan 2009-yilda Hamburger SVda

Arslan 2009-yilda tekin transfer evaziga „Hamburger SV“ga oʻtdi. 2009-yilning 23-sentyabrida DFB-Pokalning 2-turida VfL Osnabrückka qarshi oʻyinda Markus Berg oʻrniga 70-daqiqada maydonga tushdi[3]. „Gamburg“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi, penaltilar seriyasida 5:7 hisobida magʻlub boʻldi. Arslan 2009-yil 17-oktabrda „Bayer“ga qarshi oʻyinda (0:0) ligadagi debyutini oʻtkazdi[4].

2010—2011-yilgi mavsumda Alemannia Aachenga ijaraga oʻtdi[5].

Beşiktaş[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 27-yanvarida Arslan Superliganing Beşiktaş klubi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[6]. 26-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi 32-turidan oʻrin olgan „Liverpool“ ga qarshi javob oʻyinining 60-daqiqasida José Sosa oʻrniga maydonga tushdi va oradan 15 daqiqa oʻtib oʻyinda gol urdi. Penaltilar seriyasida ham gol urishga muvaffaq boʻldi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arslan faoliyatini 2009-yili Turkiya yoshlar terma jamoasida boshlagan. 2009-yilda U-19 terma jamoasida ikki marta maydonga tushgan[8]. 2010-yil 7-sentyabrda Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha milliy terma jamoasi safida birinchi marotaba Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[9].

2010-yilning dekabr oyida Arslan Germaniya futbol uyushmasiga oʻtdi[10]. Ilk bor 2012-yil 14-noyabrda Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasiga Turkiyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan edi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil noyabr oyida Arslan 2019-yil iyun oyida boʻladigan Turkiyadagi harbiy xizmatni oʻtashiga qaror qildi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-sentyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Boshqa Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hamburger SV 2009—2010 Bundesliga 5 0 1 0 0 0 6 0
2011—2012 Bundesliga 8 1 0 0 8 1
2012—2013 Bundesliga 25 0 1 0 26 0
2013—2014 Bundesliga 32 1 4 0 1 0 37 1
2014—2015 Bundesliga 13 0 2 0 15 0
Jami 83 2 8 0 1 0 0 0 92 2
Alemannia Aachen (ijara) 2010—2011 2. Bundesliga 31 6 4 0 35 6
Beşiktaş 2014—2015 Süper Lig 16 0 3 1 3 1 22 2
2015—2016 Süper Lig 6 0 1 0 0 0 7 0
2016—2017 Süper Lig 30 0 3 0 1 0 10 0 44 0
2017—2018 Süper Lig 29 0 6 0 1 0 5 0 41 0
2018—2019 Süper Lig 8 0 0 0 0 0 8 1 16 1
Jami 89 0 13 1 2 0 26 2 130 3
Fenerbahçe 2018—2019 Süper Lig 11 0 0 0 1 0 12 0
2019—2020 Süper Lig 13 0 8 2 0 0 21 2
Jami 24 0 8 2 1 0 33 2
Udinese 2020—2021 Serie A 30 3 1 0 31 3
2021—2022 Serie A 30 1 3 0 33 1
2022—2023 Serie A 6 1 0 0 6 1
Jami 66 5 4 0 70 5
Jami faoliyati 323 13 37 3 3 0 27 2 360 18

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2009 Turkiya U19 2 1
2010 Turkiya U21 1 0
2011 Germaniya U20 1 0
2012—2013 Germaniya U21 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beşiktaş

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tolgay Ali Arslan“ (turkcha). Turkish Football Federation. Qaraldi: 30-sentabr 2019-yil.
  2. Özten. „10 numaranın genç adayı: Tolgay Ali Arslan“ (turkcha). tff.org (1-iyul 2010-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2010-yil.
  3. „HSV scheitert beim Pokal-Drama in Osnabrück“ (olmoncha). kicker.de (23-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 14-fevral 2011-yil.
  4. „Torun scheitert an Castro, Kießling an Rost“ (olmoncha). kicker.de (17-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 14-fevral 2011-yil.
  5. Franzke, Julian; Holger Richter (23–sentabr 2010–yil). „kicker Heft Nr.77“. kicker Sportmagazin (olmoncha). Nuremberg: Olympia Verlag.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
  6. „Beşiktaş, Tolgay Arslan'la imzaladı!“.
  7. Whalley, Mike. „Besiktas 1-0 Liverpool“. BBC Sport (26-fevral 2015-yil). Qaraldi: 27-fevral 2015-yil.
  8. „TOLGAY ALİ ARSLAN“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 15-oktabr 2010-yil.
  9. „TÜRKİYE 1–0 İRLANDA“ (turkcha). tff.org. Qaraldi: 15-oktabr 2010-yil.
  10. „Kampf um die Talente: Jetzt wird zurückgeklaut!“ (olmoncha). Bild.de (5-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2012-yil.
  11. „U21: Adrion beruft Neulinge Rüdiger und Arslan“ (olmoncha). Focus.de (9-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2012-yil.
  12. „Burdur'da yaz kampı (!)“ (turkcha). Cumhuriyet (19-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 27-iyun 2019-yil.