Kontent qismiga oʻtish

Tokugava Yosimune

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tokugava Yosimune
徳川 吉宗
Syogun
Mansab davri
1716 – 1745
Monarx
Oʻtmishdoshi Tokugava Ietsugu
Vorisi Tokugava Iesige
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-noyabr 1684-yil
Vafoti 12-iyul 1751-yil(1751-07-12)
(66 yoshda)
Millati yapon
Bolalari
  • Tokugava Ieshige
  • Tokugava Munetake
  • Tokugava Munetada
  • Yosihime

va boshqalar...

Otasi Tokugava Mitsusada
Kasbi syogun
Dini sintoizm
Imzosi
Unvoni ogosho

Tokugava Yosimune (yaponcha: 徳川 吉宗?, 1684-yil 27-noyabr – 1751-yil 12-iyul) Yaponiyaning Tokugava syogunligini 1716-yildan 1745-yilgacha boshqargan syogun. Uning otasi Tokugava Mitsusada, bobosi Tokugava Yorinobu va katta bobosi Tokugava Ieyasu boʻlgan.

Tokugava Ieyasuning kenja oʻgʻillaridan biri tomonidan asos solingan Kii (gosanke) feodal uyining boshligʻi Tokugava Mitsusidaning (1627-1705) uchinchi oʻgʻli. 1697-yilda Sabaye kichik mulkiga (hozirgi Fukui prefekturasining bir qismi) daymyo oʻlaroq tayinlangan.

Yosimune qarindoshlarining oʻlimi hokimiyatga kelish uchun yoʻl ochib bergan. 1705-yil may oyida katta akasi, avgust oyida otasi va sentyabr oyida eas oʻrtancha akasi toʻsatdan vafot etgan. Shunday qilib, 1705-yilda Tokugava Yosimune Kii xanligining (1705—1716) daymyosi boʻlib, yillik daromadi 550 ming kokuga yetgan. Oʻsha yilning dekabr oyida tugʻilgan paytida qoʻyilgan Yorikat ismini Yosimunega oʻzgartirgan.

Tokugava Yosimune avvalo moliyaviy islohotlari bilan mashhur boʻlgan, natijada konservativ maslahatchisi Arai Hakusekini haydab chiqarib, Keho islohotlarini boshlaydi. 1745-yilda isteʼfoga chiqqan va butun hokimiyatni katta oʻgʻli Tokugava Yesigega topshirgan. Tokugava Yosimune juda isteʼdodli siyosatchi va maʼmur boʻlib, Tokugava sulolasi asoschisi Ieyasudan keyin Tokugava syogunlari orasida hurmat-eʼtiboriga koʻra ikkinchi oʻrinda turgan.

Kii xanligida hukmronligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokugava Yosimune 11 yil (1705—1716) davomida Kii xanligi daimyosi boʻlgan. Bu vaqt ichida koʻplab muvaffaqiyatli tadbirlarni amalga oshirishga ulgurdi – xanlikni boshqarishni yoʻlga qoʻygan, uning moliyaviy ahvolini yaxshilagan, barcha ishlarda qatʼiy tartib oʻrnatgan. Ishni qatʼiy choralar koʻrishdan boshlashga majbur boʻlgan – u kichik amaldorlar shtatini 18 kishigacha qisqartirib, qolgan xodimlarning taʼminotini kamaytirgan. Yosimune qishloqdagi holatni va sugʻorish tizimlarini yaxshilash uchun muhim qadam qoʻyadi, buning uchun „maʼrifatli hukmdor“ (meykun) unvoniga sazovor boʻlgan.

1716-yil iyun oyida yetti yoshli syogun Tokugava Ietsugu vafot etib, Yosimune syogun lavozimini egallagan, u balogʻatga yetgan va maʼmuriy boshqaruvda muvaffaqiyatga erishgan edi. Rasman Yosimune taxminan 30 yil hukmronlik qilgan, ammo amalda uzoqroq (1751-yilda vafotigacha) qudratda boʻlgan.

Syogun Yosimune davrida syogunligining hokimiyat tuzilmalari kuchaygan. Oʻzining avvalgi xanlik boshligʻi boʻlgan kezlardagi boshqaruv tajribasidan foydalanib, iloji boricha boshqaruv sohasida koʻproq bilim olishga, syogunning vazifalari doirasiga kiradigan barcha ishlarni yuritishning yashirin kuchlarini tushunishga harakat qilgan. Mamlakatdagi vaziyatni qoʻlga kiritish uchun turli mulklarda nimalar boʻlayotganini bilishga intilgan. Buning uchun Yosimune oʻzi bilan birga Kii xanligidan Edoga koʻchib kelgan 20 samuraydan iborat guruh tuzdi. Aynan ularga u knyazliklardagi vaziyat haqida maʼlumot toʻplashni topshirgan, rasmiy shaxslarning xabarlariga emas, faqat ularning xabarlariga ishongan. Toʻplangan aniq maʼlumotlar unga u yoki bu lavozimga tayinlash masalalarini hal etish, qobiliyatli va ishonchga sazovor amaldorlarni topish imkonini berardi. Tokugava Yosimune syogun hukumatidagi yangi amaldorlar va siyosiy mavqei biroz zaiflashgan fuday daymyo oʻrtasidagi raqobatni zaiflashtira olgan. U darhol fudoy daymyo bilan munosabatlarni „yaxshilagan“, ularning vakillari rahbariga hurmat koʻrsatib, oldingi syogunlar davrida martabasi koʻtarilgan koʻplab yangi kishilarga nisbatan dushmanlik pozitsiyasini egallagan. Yosimune syogunning shaxsiy kotibi lavozimini bekor qildirgan, chunki ushbu lavozimni egallagan shaxslar amalda hukmdorlarning sevimlilariga aylanganlar.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokugava Yosimune samuray boʻlgan, shuning uchun chiniqishga katta ahamiyat bergan, samuraylarning harbiy mahoratini tiklashga intilgan, qatʼiy axloq tarafdori boʻlgan va murakkab odob-axloq va har qanday marosimlarni davlat manfaatlariga zararli deb hisoblagan. U kamtarona kiyingan: yozda paxtadan, qishda esa zigʻirpoyadan tikilgan kiyim kiygan.

Yosimunening barvasta boʻlgan. 182 sm balandlikdagi jismonan baquvvat odam edi, bu hayratlanarli edi, chunki Edo davridagi yapon tarixining barcha davrlari orasida yaponlar eng past boʻyli edi.

Oʻz davrining odatiga koʻra, Yosimune yorqin ayollar qurshovida edi, lekin ularga unchalik qiziqmasdi. Xotini va kanizagi vafot etgach (boʻlajak syogunni tugʻish paytida vafot etgan), undan qaysi kanizakni tanlash kerakligi haqida soʻrashganida: eng muhimi, sodiq va rashkchi boʻlmasligi kerak, yuzi esa qanday boʻlsa, shundayligicha qolsin deya shunday javob bergan.

1745-yilda Tokugava Yosimune toʻngʻich oʻgʻli Tokugava Yesige foydasiga oliy hokimiyatdan ixtiyoriy ravishda voz kechadi, ammo vafotigacha davlatni boshqarishda davom etgan.

1751-yil 12-iyulda 66 yoshli Tokugava Yosimune vafot etgan hamda Ueno (Tokio) dagi Kaneydzi buddistlar ibodatxonasi hududida dafn qilingan.

  1. „Genealogy“ (ja). Reichsarchiv. Qaraldi: 2018-yil 4-iyul.