Daymyo
Daymyo — oʻrta asrlarda Yaponiyadagi yirik mulkdor knyazlar. "Daymyo" istilohi XI asrda paydo boʻlib, yirik mulkdorlarni anglatgan. XIV—XV asrlardan XVI asr oxirigacha Daymyolar markaziy hokimiyatdan mustaqil boʻlishgan. Tokugava syogunlari hukmronligi davrida (1603—1867) mamlakat birlashtirilgandan soʻng , Daymyoga yerlarida olinadigan sholi hosili kamida 10 ming koku (1 koku = 150 kg) ga yetgan yirik mulkdorlar mansub boʻlishgan. Knyazliklar iqtisodiy va maʼmuriy siyosiy birliklar hisoblanib, ichki ishlarda Daymyotoʻla hokimiyatga ega edi. Lekin xukumat Daymyolar ustidan har tomonlama nazoratni kuchaytirib, ularning yerlarini qisqartirgan. 1867—68-yillardagi tugallanmagan burjua inqilobidan soʻng , Daymyo 1869—71-yillarda oʻz yerlaridan mahrum boʻlishgan, knyazliklar urniga prefekturalar barpo etilgan. Daymyolarga katta pul miqdorida tovon tulangan, Daymyolarning bir qismi yirik pomeshchiklarga (mulkdorlarga), ayrimlari — aksionerlar va sanoatchilarga aylangan. Saroy zodagonlari (kuge) bilan birga Daymyolar (1884-yilda) oliy zodagonlar — kadzokuni tashkil etgan, u 1890—1945-yillarda Yaponiya parlamentidagi perlar palatasida katta imtiyozlarga ega boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |