Tok manbalari
Tok manbalari — har xil energiya turlarini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar. Shartli ravishda kimyoviy va fizik Tok manbalariga boʻlinadi. Kimyoviy Tok manbalarida oksidlashtiklash reaksiyasi natijasida elektr energiyasi hosil boʻladi. Bunday Tok manbalari jumlasiga galvanik elementlar, elektrkimyoviy generatorlar va boshqa qurilmalar kiradi. Fizik Tok manbalari issiklik, mexanik, elektromagnit energiyani, shuningdek, radiatsion nurlanish (mas., Quyosh nurlari) va yadroviy parchalanish reaksiyasi energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Elektromagnit generatorlar, termoelektr generatorlar, quyosh batareyalari va boshqa shular jumlasiga kiradi. Atom elektr stansiyasi (AES), gidroelektr stansiya (GES), issiqlik elektr stansiyalari (Issiqlik elektr stansiya), shamol energetika qurilmasi va boshqa ham Tok manbalari hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |