Tok kesish
Tok kesish — tokning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligini tartibga solib turish uchun har yili amalga oshiriladigan agrotexnik tadbir. Tok kesish parvarishni yengillashtiradi, yorugʻlik va issiqlikdan oʻsimlikning toʻla foydalanishini taʼminlaydi, ildiz bilan yer ustki qismining oʻzaro mutanosibligini tartibga soladi. Tokka tegishli shakl berish maqsadida oʻtqazilgan yilidan boshlab xar yili kesiladi. Tok tuplarida novdalar yetarli bulmasa, gʻovlab ketadi, yaxshi pishib yetilmaydi, hosil va uning sifati pasayadi, keragidan ortiq qoddirilsa, ular suyet usadi, hosil kam va sifatsiz boʻladi, kasalliklarga chalinadi. Tok kesish qoidalari: novda qancha yoʻgon boʻlsa shuncha uzun qoddiriladi va aksincha. Novda kurtak ustidan qarshi tomonga qiya kilib kesiladi; zang, madang yoki novda butunlay olib tashlanayetganda asosga taqab (toʻnkacha qoldirmasdan) kesiladi; hosil bergan bulturgi novda olib tashlanib, oʻrinbosar novdadan oʻsib chiqqan ikkita novdaning ustkisi hosil, pastkisi urinbosar novda sifatida kesiladi; kuchli usuvchi tok navlarida har ikki hosil novdaga bitta 3—4 kurtakli oʻrinbosar novda qoldiriladi; oʻrinbosar novdadan yangi novda chiqmasa yoki oʻsgani nimjon boʻlsa, hosil beradigan novda bulturgi eng pastki novdadan shakllantiriladi. Tokka kup zangli yelpigʻichsimon shakl berishda har bir tupda 4—6 ta koʻp yillik zang qoldiriladi. Vinobop uzum navlari zangini 6—8-yil, xoʻraki uzum navlari zangini 10—12 yilda astasekin almashtirib turiladi.
Har bir tok tupida yer sharoitiga qarab, nechtadan kurtak (koʻz) qoldirib kesish katta ahamiyatga ega. Mas., kuchli oʻsadigan tok navlari (Nimrang, Husayni, Toifi, Qora kishmish va boshqalar) soʻrilarda oʻstirilganda bir tupida 400500 ta, ishkomlarda 300350 ta, simbagʻazlarda 150—200—250 tagacha kurtak krldirib kesiladi. Har bir hosil beradigan novdada esa tok naviga qarab 5—15—20 tagacha, oʻrinbosar novdalarda 1—4 tagacha kurtak qoldiriladi. Tok qishda koʻmiladigan mintaqalarda bahorda ochish paytida singan yoki qishda sovuq urgan novdalar oʻrnini toʻlatish uchun 15—20% ortiqroq kurtak qoldiriladi.
Tok kesishda 1, 2, 3 yoshli toklarni kesish qoidalariga amal qilish lozim. Toʻgʻri shakl berilgan tok 4yili toʻla hosilga kiradi. Oʻzbekistonda kup zangli yelpigʻichsimon shakl keng tarqalgan. Tuplarga koʻchati ekilayotgandayoq shakl berish eʼtiborga olinadi. Shakl berishda kesish, oʻtgan yilgi va shu yilgi novdalarni suyanchiqlarga bogʻlash, chilpish va ortikcha novdalarni olib tashlash muhim ahamiyatga ega.
Jamoliddin Fayziyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |