Kontent qismiga oʻtish

Tojikistonlik oʻzbeklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tojikistonlik oʻzbeklar (oʻzbekcha: Tojikistonlik oʻzbeklar, tojikcha: Ӯзбекҳои Тоҷикистон) – Tojikiston Respublikasida yashaydigan eng katta etno – lingvistik diaspora hisoblanadi Tojikiston aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, etnik oʻzbeklar soni (1 million 260 ming) yoki respublika aholisining 12,2% tashkil etadi. (2022).

Tojikiston oʻzbeklari Oʻzbekistondan tashqarida yashovchi etnik oʻzbeklarning mutlaq soni boʻyicha Oʻrta Osiyo oʻzbeklari orasida Afgʻonistondagi oʻzbeklardan (3,5 – 4 million) keyingi ikkinchi oʻrinda[1]. Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, Tojikistondagi oʻzbeklar soni aholining qariyb 30%, yaʼni 3 million kishini tashkil etsa-da, ammo rasmiy manbalarda bu raqamlar qisqartirilib (1 million 260 ming) kishi atrofida deb belgilangan. Tojikistondagi o‘zbeklarning aniq soni yuzasidan bahs–munozara mavzusi bo‘lsada, ular Tojikistonda tojiklardan so'ng eng ko‘p etnik guruh ekani tasdiqlangan [2]. Songi paytlarda Tojikistondagi yashovchi oʻzbeklarning pasportlarida oʻzbek millatini "tojik" deb oʻzgartirilmoqda va koʻplab etnik oʻzbeklarni assimilyatsiya qilishga urinmoqda. Bu, ayniqsa, Sugʻd viloyati va Xatlon viloyati kabi hududlarda keng tarqalgan. Bu esa oʻz navbatida, oʻzbeklarning davlat darajasidagi oʻz taqdirini belgilashning noaniqligini aks ettirmoqda[3].

2000-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borgan. Tashrifi chogʻida u sanʼat va madaniyat arboblari, jamoat arboblari bilan suhbatlashgan va oʻz nutqida „tojiklar va oʻzbeklar ikki tilda gaplashadigan bir xalqdir“ deb taʼkidlagan. Shunday qilib, u ikki xalqning tarixiy, madaniy va etnik yaqinligini taʼkidlagan[4].

Oʻzbeklar respublikaning shimoli, gʻarbi va janubi-gʻarbida, koʻpincha tojiklar va ruslar bilan birga, ayniqsa shaharlarda yashaydi

Tojikistonda oʻzbek tili

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikistonda oʻzbek tili respublikaning eng keng tarqalgan tillaridan biridir. Tojikistondagi koʻplab oʻzbeklar asosan Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida yashaydi. Baʼzi hududlarda ular aholining koʻp qismini tashkil qiladi, shuningdek, faqat o'zbeklar yashaydigan qishloqlar va tumanlar ham bor. Shu bois bu hududlarda taʼlim o‘zbek tilida olib boriladi. Ammo ohirgi yillarda maktablarda oʻzbek tilida boʻlgan kitoblaraga ehtiyoj koʻpaygani sezilmoqda. Tojikistonda aholi orasida o‘zbek tili ustunlik qiladi. Vaholanki, besh yil avval hududdagi ayrim maktablarda oʻquvchilarga davlat tili tojik tilida taʼlim berila boshlandi. Taʼlim berishda yangi tiliga oʻtish oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun qiyinchiliklar tugʻdirishi bilan birgalikda, tojik tilidagi oʻquv materiallarining yoʻqligi ham sabab boʻlmoqda. Soʻnggi yillarda Tojikistonda oʻzbek maktablari ikki barobar qisqargan[5].

  1. „O'zbek diasporasi“.
  2. „Tojiistondagi etnik o'zbeklarning haqiqatlari“ (uz). Ravshan Shams. Qaraldi: 2025-yil 5-iyul.
  3. „Tojikistondagi o‘zbeklar hayoti haqiqatlari“ (ru). iwpr.net. Zarina Ergasheva (2014-yil 28-iyul). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
  4. https://caa-network.org/archives/12564
  5. „O'zbek tili Tojikistonda“. cabar.asia/ru. Cabar.asia (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.