Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni" ordeni
Asl nomi Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni
Mamlakat Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Turi Tojikiston respublikasining oliy ordeni.
Kimga topshiriladi Tojikiston va chet davlat fuqarolariga
Taqdirlash asosi Eng oliy hizmatlari uchun.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 17-Dekabr
2-darajali Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni

Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni (tojikcha: Ситораи Президенти Тоҷикистон Sitorai Prezidenti Tojikiston) — Tojikiston respublikasining oliy ordeni[1].

Nizomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikiston Prezidenti yulduzi ordeni - davlat va siyosiy arboblarga, Tojikiston Respublikasining boshqa fuqarolariga tinchlikni mustahkamlash va tojik davlatchiligini rivojlantirishda xalq oldidagi alohida uchun beriladigan oliy orden hisoblanadi. Tojikistonning xalqaro nufuzini oshirishga hissa qo'shgan davlat va ijtimoiy-siyosiy faoliyatdagi, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, fan va madaniyatdagi, jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy sohadagi ulkan yutuqlari, davlat va harbiy xizmatdagi alohida xizmatlari va yuksak vatanparvarligi uchun topshiriladi.

I darajali “Tojikiston Prezidenti yulduzi” ordeni bilan:

  • xorijiy davlatlarning rahbarlari, hukumatlari va parlamentlari rahbarlari;
  • Qonun chiqaruvchi organlar boshliqlari, Tojikiston hukumati ijroiya va sud hokimiyati rahbarlari;
  • Tojikiston hukumati azolari, konistitutsiyaviy boshqaruv organlar rahbarlari;
  • Tojikiston respublikasining 1-darajali "Zarrintoj" ordeni, 1-darajali "Ismoil Somoniy" ordeni va 2-darajali "Tojikiston Prezidenti yulduzi" ordeni bilan tadirlangan fuqorolari.

II darajali “Tojikiston Prezidenti yulduzi” ordeni bilan:

  • xorijiy davlatlarning vazirlari, elchilari va idoralari rahbarlari;
  • mintaqaviy va boshqa xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari;
  • Tojikiston hukumati azolari, konistitutsiyaviy boshqaruv organlar rahbarlari;
  • Tojikiston respublikasining 2-darajali "Zarrintoj" ordeni, 2-darajali "Ismoil Somoniy" ordeni va 3-darajali "Tojikiston Prezidenti yulduzi" ordeni bilan tadirlangan fuqorolari.

III darajali “Tojikiston Prezidenti yulduzi” ordeni bilan:

  • Tojikiston hukumati azolari, konistitutsiyaviy boshqaruv organlar rahbarlari;
  • 3-darajali Tojikiston prezidenti yulduzi ordeni
    Tojikiston respublikasining 3-darajali "Zarrintoj" ordeni, 3-darajali "Ismoil Somoniy" ordeni va "Do'stlik" ordeni bilan tadirlangan fuqorolari.

Darajalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orden 3 darajaga bo'lingan:

  • Yulduzli orden zanjiri prezidentning belgisi boʻlib, Tojikiston prezidentiga taqilgan.
  • I darajali ordeni Tojikiston Prezidenti yulduzi ko'krak nishoni va yulduzi bor.
  • II darajali “Tojikiston Prezidenti yulduzi” ordeni koʻkrak nishoni bor:
  • III darajali “Tojikiston Prezidenti yulduzi” ordeni koʻkrak qafasining chap tomonidagi lentada taqiladigan koʻkrak nishoni bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Моддаи 10. Қонуни Ҷумҳурии Тоҷикистон аз 17.12.2020 № 1732 «Дар бораи мукофотҳои давлатии Ҷумҳурии Тоҷикистон»“. mmk.tj. Маркази миллии қонунгузории назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.