Tojiboy Rizayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rizayev Tojiboy (1927.10.5 — Parkent tumani Zarkent qishlogʻi — 2004.6.4) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, usta bogʻbon, Oʻzbekiston Qahramoni (2001), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1991). Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya fakultetini tugatgan (1960). Mehnat faoliyatini 1942—50 yillarda jamoa xoʻjaligida gʻallachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlashdan boshlagan. Toshkent shahridagi xoʻjalik raislarini tayyorlash maktabi tinglovchisi (1950—53), Parkent tumanidagi Oxunboboyev nomli jamoa xoʻjaligida hosilot (1953—54), tuman partiya qoʻmitasiyoʻriqchisi (1954—56), jamoa xoʻjaligi raisi muovini (1956—59), Yuqori Chirchiq tumani partiya qoʻmitasi kotibi (195960). 1960 yildan Parkent tumanidagi "Leninobod" jamoa xoʻjaligi (xoz. "Zarkent" shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi raisi.

R. togʻli mintaqalarda moʻlkoʻl bogʻdorchilik mahsulotlari yetishtirish borasida oʻziga xos tajriba maktabini yaratdi. R. rahbarligida shirkat xoʻjaligi iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi. Koʻp yillar davomida xoʻjalikda togʻoldi zonasida lalmi va shartli sugʻoriladigan yerlarda tok maydonlari 730 gektarga, gʻalla maydonlari 860 gektarga yetkazildi. Xoʻjalik respublikada lalmi gʻallachilikda har gektar yerdan 18,7—20 s bugʻdoy hosili olib, hosildorlik boʻyicha oldingi oʻrinni egallaydi. Shirkat xoʻjaligi qishlogʻi toʻla gazlashtirilgan, buloq suvi vodoprovodi, shaharlararo avtomat telefon st-yasi, vino zdi qurilib, ishga tushirildi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1996).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil