Toji Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toji Yusupov (1893-yili tug‘ilgan, sobiq Ikromov rayoni Brigani qishlog‘idan, sobiq quloqning o‘g‘li, 1934-yili xalq sudi tomonvdan kolxoz g‘allasini o‘g‘irlagani uchun 5 yilga qamalgan, jazoni o‘tamay qochgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan) otuvga hukm etilgan. Quloqqa tortilgan vaqtdan boshlab, jinoiy unsur bilan aloqada bo‘lib, banditlar guruhini tashkil etganlikda, hayvon o‘g‘irligi va talonchilik bilan shug‘ullanganlikda, 70 pud kolxoz g‘allasini o‘g‘irlagani uchun qamalganlikda, qamoqsan qochganlikda va hibsga olingunga qadar talonchilik bilan shug‘ullanganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 138 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.