Tohirboy3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tohirboy3 - mil. av. 2ming yillikning 2yarmiga oid qishloq xarobasi. Mari viloyati (Turkmaniston)dagi Bayramali shahridan 12 km shimolida joylashgan. T.Z madaniy qatlamining qalinligi 2,5 m gacha boʻlib, 20 ga yaqin hududni egallagan. 1954—56 yillarda V.M. Massoy rahbarligidagi arxeologik guruh qazish ishlari olib borgan. Natijada xom gʻishtdan qilingan koʻp xonali uylar ochilib, har xil shakldagi sopol idishlar, guldonlar, qadahlar, xumchalar, tovalar, shuningdek, paykonlar, suyakdan ishlangan maʼbuda haykalchalari, koʻmirga aylangan bugʻdoy donalari va boshqa ashyolar topilgan. T. 3 dan topilgan sopol buyumlar, Namozgoh 6 sopol idishlariga oʻxshaydi. Sopol idishlar kulollik charxida mahorat bilan yasalgan boʻlib, xumdonlarda yaxshi pishirilgan. Xonalar tagidan va yaqinidan bir necha qabrlar ochilgan. Marhumlar qabrlarga 2 shaklda: gʻujanak qilib chap yonboshi bilan yoki chalqancha yotqizilgan holda; jasad yarim kuydirilib, chalqancha yotqizib koʻmilgan. Marhumlarning bosh va oyoq qismidan sopol idishlar, bezak buyumlari topilgan. Murgob vodiysidagi ilk dehqonchilik bilan shugullanuvchilarning oʻtroqlashishini oʻrganishda T.Z ni tekshirish katta ahamiyatga ega.