Kontent qismiga oʻtish

Togʻrayhon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻrayhon (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda koʻproq maydagul T. (O. tyttanthum Gontsch.) uchraydi. Boʻyi 30–60 cm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari choʻziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sent. Oylarida gullab urugʻlaydi. Asosan, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi.

Origanum onites 'Aurea'